Saneg dispetcherlik markazini ochdi

Saneg dispetcherlik markazini ochdi

2215
Saneg dispetcherlik markazini ochdi

Yangi markaz ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish darajasini oshirish hamda "Saneg"ning butun texnologik zanjirini boshqarishni optimallashtirishga qaratilgan. Osiyotech IT-integratori bilan hamkorlikda kompaniya yoqilg‘ini qazib olish va qayta ishlashdan tortib sotishgacha bo‘lgan barcha asosiy jarayonlarni markazlashtirilgan monitoring va nazorat qilishni ta’minlaydigan Yagona dispetcherlik markazini (YDM) ochdi.

"Markazning ochilishi Saneg kompaniyasining ishlab chiqarish va logistika samaradorligini oshirishga qaratilgan raqamli transformatsiyasida muhim bosqich bo‘ldi. YDM tufayli turli texnologik va axborot tizimlarining integratsiyasi amalga oshirildi, bu esa qaror qabul qilish muddatlarini qisqartirish va kompaniya resurslarini boshqarishni yaxshilash imkonini beradi", – dedi Saneg bosh direktori To‘lqin Yusupov.

Dispetcherlik markazining asosiy imkoniyatlari:

• Real vaqt rejimida ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish uchun 20 kvadrat metrdan ortiq video devor.
• Jarayonlarni monitoring qilish va muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi turli bo‘linmalar mutaxassislari uchun o‘nta ish o‘rni.
• Ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash va dasturiy yechimlarni integratsiyalashni ta’minlaydigan zamonaviy server infratuzilmasi.

YDM tarqoq texnologik tizimlarni yagona boshqaruv platformasiga birlashtirish imkonini taqdim etadi, bu esa ishlab chiqarish va logistika xarajatlarini kamaytirish, unumdorlikni oshirish hamda zaxiralarni optimallashtirishga yordam beradi. Kelajakda markaz raqamli egizaklar va sun’iy intellektga asoslangan tahlilni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yaqin kelajakda kompaniya MES darajasidagi tizimlarni joriy etish va avtomatlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ishlab chiqarish aktivlarini modernizatsiya qilishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Osiyotech kompaniyasi haqida:

Osiyotech - O‘zbekistondagi IT-integrator, Enera guruhiga kiruvchi IT-park rezidenti. Kompaniya sanoat raqamli yechimlari, avtomatlashtirish, katta ma’lumotlar tahlili hamda kiberxavfsizlik sohalariga ixtisoslashgan. Uning portfelida 35 dan ziyod texnologik yechimlar va 1 million dollardan ortiq byudjetga ega 25 dan ortiq yirik loyihalar mavjud.