Qambarov Muzafar Amonovich

Qambarov Muzafar Amonovich

Neft va gaz loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida yuqori malakali mutaxassis.

  • 1959-yil 8-avgustda O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro shahrida tug‘ilgan.
  • Neft va gaz kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida 28 yildan ortiq tajribaga ega. Davlat organlarida rahbarlik tajribasiga ega.
  • Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya institutini ikki yo‘nalish: 1989-yilda “Sanoat va fuqarolik qurilishi” va 2002-yilda “Mashina va uskunalar texnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
  • Mehnat faoliyatini 1981-yilda “Buxorogazpromstroy” trestida muhandis-mexanik sifatida boshlagan va u yerda bosh muhandislik darajasiga ko‘tarilgan. Turli vaqtlarda neft va gaz kompaniyalarida rahbar lavozimlarda ishlagan: “Muborakneftgazmontaj” boshqaruvi raisi, “Asia Trans Gas” bosh direktori o‘rinbosari, “Neftgazstroy injiniring” bosh direktori, “Neftgazkomplektmontaj”ning Solnechnogorsk filiali direktori, “Nadimstroygazdobycha” bosh direktorining maslahatchisi. Ikki yil Buxoro viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
  • Hozirda – “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ bosh direktorining kapital rivojlantirish va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘rinbosari.