Iqtisodiyot va moliya bo‘yicha mutaxassis.
- 1987-yil 16-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahrida tug‘ilgan.
- Moliya sohasida tahliliy ko‘nikmalarga ega mutaxassis. Moliyaviy menejment, risklarni tahlil qilish, optimallashtirish orqali ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tajribaga ega.
- 2007-yilda Samarqand davlat universitetini “Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
- Mehnat faoliyatini 2007-yilda “Ibn-Sino” OAJda iqtisodchi yordamchisi sifatida boshlagan. Shundan so‘ng “UzBAT” AJ va “Eriyell GmbH” kompaniyasida moliyaviy tahlilchi bo‘lib ishlagan. U Eriyell Oilfiyeld Services Middle East DMCC da Loyiha boshqaruvi koordinatori sifatida faoliyat yuritgan. Uch yil davomida “Natural gaz-Stream” qo‘shma korxonasi direktorining tijorat va moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
- Hozirda “Sanoat Energetika Guruhi” “Qazib chiqarish” divizioni bosh direktorining iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.