Shovkat Zakirov

Shovkat Zakirov

Neft-gaz, davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi mutaxassis. Milliy gaz sanoati tizimida 30 yillik tajribaga ega. Neft-gaz sohasida amalga oshirilayotgan “Petronas”, “KNOC”, “CNPC”  kabi xorijiy kompaniyalar ishtirokidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Energetika vazirligida mas’ul lavozimda ishlagan.

  • 1967-yil 3-avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
  • Toshkent politexnika institutida gaz va neft quvurlari, gaz omborlari hamda neft bazalarini loyihalash va ekpluatatsiya qilishni o‘rgangan.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining “Davlat va jamiyat qurilishi” yo‘nalishi bitiruvchisi.
  • 1998-yilda mehnat faoliyatini “Sredazavtogaz” hududiy boshqarmasiga qarashli 4-sonli AGTKSda 1-toifali ballon to‘ldiruvchi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik kompressor qurilmalari operatori, AGTKSdan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqarish bo‘limi muhandisi bo‘lib ishlagan.
  • 2000-yilda Toshkent shahar 1-sonli AGQS boshlig‘i, so‘ngra “O‘zavtogaz” DP TU direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
  • 2001-2002-yillarda “Avtogaz” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan. Keyin ikki yil davomida “O‘ztashneftegaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari, so‘ngra boshqaruv raisi lavozimlarida ishlagan.
  • 2004-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi kelishuvlarni amalga oshirish guruhi rahbari lavozimida ishlagan, so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi xuddi shunday tuzilmaga o‘tgan.
  • 2021-yildan Saneg kompaniyasida gaz loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.