Xusenov Sherzod O‘tkirovich

Xusenov Sherzod O‘tkirovich

Ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha mutaxassis. Neft va gaz sohasida 25 yillik tajribaga ega.

  • 1975-yil 10-avgustda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tug‘ilgan.
  • 1997-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini “Gaz va gaz kondensat konlarini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
  • Mehnat faoliyatini “Muborakgaz”da 4-toifali operator sifatida boshlagan. “Neft va gaz quduqlarini sinash” AJda 2-toifali muhandis bo‘lib ishlagan, keyinchalik boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lgan. “O‘zgeoburneftgaz” AJ bosh direktori lavozimida ishlagan, “Surxon parmalash ishlari” AJ boshqaruvi raisi bo‘lgan.
  • Sanegga 2020-yilda Andijondagi hududiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari lavozimiga kelgan. Andijon bo‘limida ikki yil ishlab, ishlab chiqarish boshqarmasi ijrochi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
  • 2023-yil oktyabr oyidan – bosh direktorning operatsion faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari.