Vasyutkin Stanislav Vyacheslavovich

Vasyutkin Stanislav Vyacheslavovich

Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish, shuningdek, xalqaro neft va gaz loyihalarini boshqarish bo‘yicha ekspert.

  • 1987-yil 22-yanvarda Kogalim shahrida (RF) tug‘ilgan.
  • Samara davlat texnika universitetini "Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish" (a’lo baholar bilan) hamda "Neft va gaz sohasida ingliz tili" yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
  • Stokgolm Iqtisodiyot maktabining General Management dasturi bo‘yicha MBA darajasiga ega. Shuningdek, "SLB," "HESS," "Trans European Centre" kompaniyalarida, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti va Sankt-Peterburg davlat universitetida malaka oshirish kurslarida tahsil olgan.
  • 2009-yildan beri SPE ("Society of Petroleum Engineers") a’zosi, Yer osti boyliklaridan foydalanish bo‘yicha Yevrosiyo ekspertlar ittifoqi a’zosi, Zaxiralar bo‘yicha davlat komissiyasi (RF) eksperti, Energetika vazirligining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan.
  • Mehnat faoliyatini G‘arbiy Sibirdagi neft va gaz konlarida ishchi lavozimlaridan boshlagan. U HESS korporatsiyasining qo‘shma korxonasida ("Samara-Nafta" YOAJ)ishlab, kompaniyaning resurs bazasini rivojlantirish bilan shug‘ullangan, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi xorijiy loyihalarni birgalikda boshqarish departamentining "LUKOYL" OAJ bosh ofisida, shuningdek, "LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani" MCHJda faoliyat yuritgan, u yerda bosh mutaxassisdan geologiya va ishlab chiqish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.
  • 2024-yil iyul oyidan boshlab - "Sanoat Energetika Guruhi" MCHJ QK konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari - bosh geolog.