Asatullayev Baxtiyor Sadilloyevich

Asatullayev Baxtiyor Sadilloyevich

Xaridlar, logistika va ishlab chiqarish biznesini boshqarish sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega ekspert. Xarid jarayonlarini tashkil etish, ta’minot zanjirlarini boshqarish hamda ishlab chiqarish-tijorat faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli tajribaga ega. Neft-gaz va sanoat sohasidagi xalqaro va mahalliy kompaniyalarda xaridlar va logistika bo‘linmalarini boshqarish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribasi bor.

  • 2005-yilda Samarqand davlat universitetini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
  • Logistika, bojxona ma’muriyatchiligi va ta’minotni boshqarish sohasida qo‘shimcha o‘qish va amaliyot o‘tagan.
  • Mehnat faoliyatini 2000-yilda "SamKochAvto" qo‘shma korxonasida boshlagan va u yerda KD nazoratchisi lavozimida ishlagan.
  • 2006-yildan 2007-yilgacha — "Asklepiy" MCHJ kompaniyasida logistika va ombor operatsiyalari bo‘yicha menejer.
  • 2007-yilda "SharqFarma" MCHJ QKda bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha menejer lavozimida ishlagan.
  • 2011-yilda "Braibanti Technology" MCHJda ta’minot bo‘yicha menejer bo‘lib ishlagan..
  • 2013-2015-yillarda — "Neftgazta’minot" MCHJda tijorat bo‘limi boshlig‘i.
  • 2017-2018-yillarda Eriell GmbH kimyoviy reagentlarni sotib olish bo‘limining yetakchi mutaxassisi.
  • 2018-yildan 2022-yilgacha — ERIELL DMCC kimyoviy reagentlarni xarid qilish bo‘limining yetakchi mutaxassisi.
  • 2021-yildan hozirgi kunga qadar "SEG Motol" MCHJ direktori lavozimida ishlab kelmoqda, u kompaniyaning umumiy boshqaruvi, xaridlar va logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish, shuningdek, ishlab chiqarish biznesi samaradorligini oshirish uchun mas’ul.