Konlarni ishga tushirish, neft olish samaradorligini oshirish texnologiyalari va og‘ir uglevodorodlar qazib olishni boshqarish sohasida mutaxassis.
- 1967-yil 3-dekabrda Rossiya Federatsiyasining Tomsk viloyatida tug‘ilgan.
- 1992-yilda Tomsk politexnika universitetini "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi" yo‘nalishi bo‘yicha bitirgan. 2017-yilda dissertatsiyasini himoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Kasbiy faoliyatini "Vasyuganneft"da 4-toifali neft va gaz qazib olish operatori sifatida boshlagan. "Pokachevneft"da 3-toifali texnolog va 1-toifali geolog lavozimlarida ishlagan.
- 1993-yildan boshlab o‘z faoliyatini "LUKOYL" kompaniyasi bilan bog‘lab, Tyumen bo‘limida 1-toifali geolog lavozimidan ish boshlagan. Pokachevskaya hududidagi geofizik va gidrodinamik tadqiqotlar bo‘limi guruhiga rahbarlik qilgan, "LUKOYL-G‘arbiy Sibir" MChJ Geologiya va ishlab chiqarish boshqarmasida texnik bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
- 2002-yilda "LUKOYL-Komi" kompaniyasida geologiya bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Keyinchalik Moskvadagi kompaniyaning bosh ofisida ishlagan, u yerda geologiya bo‘yicha Bosh boshqarma o‘rinbosari va Konlarni ishlab chiqish texnologiyalari departamenti boshlig‘i lavozimlarini egallagan.
- "LUKOYL-Injiniring" kompaniyasida olti yildan ortiq vaqt mobaynida quduqlar qurish, konlarni ishlab chiqish va neft qazib olish texnologiyalari bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari sifatida qazib olish va ishlab chiqish yo‘nalishlariga rahbarlik qilgan.
- 2020-yildan boshlab O‘zbekistonda faoliyatini davom ettirgan – "LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani"da geologiya va ishlab chiqish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
- 2022-yilda Saneg jamoasiga ijrochi direktor o‘rinbosari sifatida qo‘shilgan. 2023-yil oktyabridan boshlab og‘ir neft qazib olish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari lavozimini egallaydi.
- "LUKOYL" kompaniyasining ko‘plab faxriy yorliqlari va minnatdorchilik maktublari bilan taqdirlangan, Faxriy neftchi unvoniga ega, shuningdek "Vatan oldidagi xizmatlari uchun" II darajali orden medali bilan mukofotlangan.
- 2013-yilda Sharqiy Lambeyshor konini ochishga qo‘shgan hissasi uchun Rossiya Federatsiyasi Tabiiy resurslar va ekologiya vazirligining "Kon kashfiyotchisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.