Har kuni qo‘shimcha 450 tonna benzin

Har kuni qo‘shimcha 450 tonna benzin

619
Har kuni qo‘shimcha 450 tonna benzin

FNQIZ Vazirlar Mahkamasining topshirig‘ini bajarish doirasida ijtimoiy yoqilg‘i ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirdi.

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi qish mavsumi boshlanishi bilan AI80 rusumli benzin ishlab chiqarish hajmini 50 foizdan ko‘proqqa oshirildi. Agar joriy yilning yanvar-noyabr oylarida korxonada kuniga o‘rtacha 800 tonna mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 14-dekabr holatiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 1250 tonnaga yetkazildi.

Zavodning ishlab chiqarish quvvatlarini maqsadli yangilash hamda Saneg neft-gaz kompaniyasi (2022-yil iyun oyidan beri FNQIZga egalik qiladi) tomonidan jalb qilingan investitsiyalar tufayli qayta ishlash hajmini oshirishga erishildi. Umuman olganda, Saneg FNQIZni modernizatsiya qilish uchun 400 million dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirib, yil davomida xomashyoni qayta ishlash tezligini ikki baravarga, 1 million tonnadan 2 million tonnagacha oshirish niyatida.

Bundan tashqari, AI92 benzin ishlab chiqarish hajmi ham oshirildi. Har kuni kamida 500 tonna shu markali mahsulot savdolarga qo‘yilmoqda.

“Bugungi kunda korxonaning barcha resurslari aholini hamyonbop yoqilg‘i, xususan, benzin bilan ta’minlashga qaratilgan. Yaqinda aksiz solig‘ining bekor qilinishi bozorga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi va talab ham sezilarli darajada oshdi. Biroq biz ishlab chiqarish dasturini undan oldin, noyabr oyida korxonaning ish hajmini moslashtirib, kuz-qish mavsumining maksimal davri yaqinligini anglagan holda o‘zgartirgan edik. Qolaversa, zavod texnologik jarayonlar bo‘yicha ham yangi bosqichga ko‘tarildi – bugungi kunda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tufayli xomashyoni aralashtirishda asbob-uskunalar ishlashning eng samarali parametrlarini belgilab oldik. Barcha tayyor benzin mahsulotlari erkin bozor narxini shakllantirish maqsadida birja orqali sotilmoqda”, - deydi korxona direktori Xabib Latipov.