Sanegda bahorgi xashar

Sanegda bahorgi xashar

648
Sanegda bahorgi xashar

Navro‘z bayrami arafasida kompaniyaning Qarshi, Muborak va Andijondagi ishlab chiqarish maydonlarida hashar tashkil etildi. Ishlab chiqarish bo‘linmalari va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlarida kompaniyaning 500 dan ziyod xodimi ishtirok etdi.

Shuningdek, aksiya doirasida ehtiyojmand oilalarga ham ijtimoiy yordam ko‘rsatildi. 100 ga yaqin oilaga Sanegdan oziq-ovqat to‘plamlari topshirildi.

“Xashar o‘zbek xalqining ko‘p asrlik an’anasi bo‘lib, uning doirasida obodonlashtirish, tartibga keltirish va tozalash ishlari olib boriladi. Daraxtlarni kesish va ekish, o‘t o‘rish, hosil yig‘ishtirish, ko‘chalarni tozalash kabi ishlarni birgalikda bajargan albatta osonroq va yoqimliroq. Bu jamoaviy ruh va hamjihatlikni mustahkamlaydi, – deydi Bosh direktorning kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari Xurshed Hojimetov. – Kompaniyamizda yaxshi an’analar qadrlanadi, ularga munosib e’tibor va hurmat ko‘rsatiladi.

Umumxalq xayriya hasharining 11-martdan 18-martga ko‘chirilganini inobatga olib, kompaniyada kelgusi haftada ham hashar tashkil etilishi rejalashtirilgan.