Saneg o‘z boshqaruv xodimlarini rivojlantirishga sarmoya kiritmoqda

Saneg o‘z boshqaruv xodimlarini rivojlantirishga sarmoya kiritmoqda

1106

Kompaniya ikkita: ijroni boshqarish va jamoani boshqarish bloklariga bo‘lingan 10 moduldan iborat "Rahbarlar maktabi" o‘quv dasturini ishga tushirdi.

Dasturning maqsadi boshqaruv sohasida ilg‘or jahon amaliyotiga muvofiq yagona standartlarni yaratishdan iborat.

Darslar motivatsiya, vakolatlarni boshqarish, rejalashtirish, vvazifalarni bo‘lish va nazorat qilish, shuningdek, muammolarni tahlil qilish va qaror qabul qilish singari mavzularni o‘z ichiga oladi. Rahbarlar 10 hafta davomida treningdan o‘tadi va o‘z bilimlarini bevosita amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Dastur ishtirokchilari rahbarlik darajasiga qarab uch guruhga bo‘lingan: "Top menejment", "O‘rta menejment" va "Yo‘nalish bo‘yicha menejment". Har bir guruh tashkilotdagi roliga moslashtirilgan holda individuallashtirilgan kursdan o‘tadi.

Treninglarda yetakchi ma’ruzachilar sifatida STM (Samarqand turizm markazi Silk Road Samarkand) kadrlar tayyorlash va rivojlantirish bo‘limidan Yegor Romanenko va Ilhomjon Abduazizov kabi kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tajribali mutaxassislar, shuningdek, SEG Enera kompaniyasining rivojlanish va o‘qitish bo‘limi boshlig‘i Mixail Klimkin ishtirok etishadi.

Ta’lim Toshkent shahridagi Eriell Prof Education bazasida olib boriladi, kompaniyaning barcha hududlarida faoliyatini kengaytirish rejalashtirilgan.

“Ushbu o‘quv kursi kompaniya kelajagiga kiritilgan sarmoyadir. O‘qish 1000 dan ortiq rahbarlar uchun mo‘ljallangan va bu bizga kelajakdagi qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengib o‘tishga qodir bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar jamoasini shakllantirishga yordam berishiga ishonchimiz komil”, - dedi Saneg bosh direktorining kadrlar va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Xurshed Xojimetov.