Neft va gaz sohasidagi top-menejer va professional. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda rivojlanishning uzoq muddatli strategik rejalarini tuzish, marketing siyosati va logistikasini ishlab chiqish va amalga oshirishda katta tajribaga ega.
- 1976-yil 16-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Bekobod shahrida tug‘ilgan.
- Ikkita oliy ma’lumotga ega. 1997-yilda Toshkent davlat texnika universitetini muhandis-mexanik, 2011-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini “Marketing” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
- Mehnat faoliyatini 1997-yilda “O‘ztashneftegaz”da mutaxassis sifatida boshlagan va shu korxonada uni rahbar lavozimida yakunlagan. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi “Chotko‘l” OAJ rahbari, shartnomalar ijrosi bo‘yicha boshliq o‘rinbosari bo‘lgan.
- 2017-yil iyun oyidan buyon “Sanoat Energetika Guruhi” kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari lavozimini egallab kelmoqda. Hozirda bosh direktorning tijorat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.