Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha katta tajribaga ega menejer. 40 dan ortiq ilmiy maqolalar, “Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish” mavzusida monografiyalar va ikkita patent muallifi. Fanlar doktori.
- 1984-yil 20-aprelda O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida tug‘ilgan.
- Neft va gaz sanoati sohasida xalqaro tajribaga ega professional muhandis. Neft va gaz uskunalari bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlarini, neft va gaz konlarini o‘zlashtirish jarayonlarini a’lo darajada o‘zlashtirgan. Neft va gaz konlarini tadqiq qilish va loyihalash, neft va gaz quduqlarini diagnostika qilish va ta’mirlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega.
- 2007-yilda Toshkent davlat texnika universitetini “Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. “O‘zlashtirishning gaz naporli rejimida neft va gaz kondensati konlarning komponent unumdorligini tadqiq qilish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2018-yilda “Oriqlagan gaz kondensati va neft konlarida yaratilgan gazning yer osti saqlanadigan joylarini loyihalashni takomllashtirish va siklik ekspluatatsyaisini optimallashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020-yildan buyon Toshkent davlat texnika universitetining “Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish” kafedrasi professori lavozimida dars berib kelmoqda.
- 2002-yildan neft-gaz sohasida. Mehnat faoliyatini "O‘zLITIneftgaz" kompaniyasida katta mutaxassis lavozimida boshlagan. Keyinchalik "Zarubejneftegaz"ning O‘zbekistondagi vakolatxonasida neft va gaz konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis, so‘ngra xalqaro neft va gaz kompaniyasida neft va gaz konlarini ishlatish va o‘zlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis bo‘lib ishlagan. Vetnamdagi qo‘shma korxonada neft va gaz konlarini ishlatish va o‘zlashtirish bo‘yicha yetakchi muhandis bo‘lib ishlagan.
- Geo Research and Development Company ilmiy-tadqiqot markazi bosh direktori hisoblanadi.
- Hozirda strategik loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.