Xojimetov Xurshed Naimovich

Xojimetov Xurshed Naimovich

Yuqori malakali mutaxassislar jamoasini shakllantirish imkonini beruvchi samarali kadrlar siyosatini yaratish orqali neft va gaz sanoatida raqobatdosh afzalliklarni ta’minlash sohasidagi ekspert.

  • 08.09.1977-yilda Samarqand viloyatida (O‘zbekiston) tug‘ilgan.
  • Uchta oliy ma’lumotga ega. Birinchisini 2000-yilda Omsk davlat universitetida (OmDU) "Huquqshunoslik" mutaxassisligi bo‘yicha olgan. Ikkinchisini 2012-yilda Uxta davlat texnika universitetida (UDTU) "Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish" yo‘nalishi bo‘yicha qo‘lga kiritgan. Uchinchisini esa "Neft va gaz ishi" yo‘nalishi bo‘yicha Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetida 2020-yilda olgan.
  • Mehnat faoliyatini 2007-yilda Toshkent shahridagi Eriell Corporation kompaniyasida Biznesni rivojlantirish departamenti mutaxassisi sifatida boshlagan va kadrlar bo‘limi boshlig‘igacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Keyinchalik xodimlarni boshqarish sohasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan va xalqaro loyihalarga rahbarlik qilgan.
  • 2021-yil noyabr oyidan boshlab “Sanoat Energetika Guruhi” MChJ XKda Bosh direktor maslahatchisi lavozimida ish boshlagan. Ayni paytda “Sanoat Energetika Guruhi” MChJ XK bosh direktorining kadrlar va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab kelmoqda.