Latipov Xabib Xalimovich

Latipov Xabib Xalimovich

Energetika sektorini boshqarish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis. Neft va gaz sohasida, shu jumladan, loyihalarni noldan amalga oshirish yuzasidan katta xalqaro boshqaruv tajribasiga ega, Inqirozli vaziyatlarda o‘zini samarali boshqaruvchi menejer sifatida namoyon etgan.

  • 1967-yil 22-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Samarqand shahrida tug‘ilgan.
  • 1991-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) matematika fakultetini tamomlagan. Keyinchalik, 2012-yilda Uxta davlat texnika universitetida neft va gaz konlarini o‘zlashtirish yuzasidan tahsil olgan. I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti (NRU)da neft va gaz biznesini boshqarish sohasidaMBA darajasiga ega.
  • Mehnat faoliyatini 1989-yilda Toshkent Davlat universiteti Amaliy matematika fakulteti muammoli laboratoriyasida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan.
  • 2007-yildan 2008-yilgacha Olmaota shahridagi "ERIELL Kazakhstan" LLP bosh direktori lavozimida ishlagan. Keyinchalik, Moskvada (Rossiya Federatsiyasi) "ERIELL Neftegazservis" MCHJ tashkil etilganida u bosh direktor, keyinroq Janubiy Amerika, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada biznesni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlagan.
  • 2020-yil may oyidan boshlab uch yil davomida Markaziy Osiyoda yoqilg‘i-moylash materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxona – Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodiga rahbarlik qilgan. Uning rahbarligi ostida FNQIZning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va biznes jarayonlarini avtomatlashtirishni joriy etish dasturi ishga tushirildi.
  • 2023-yil may oyidan boshlab u Saneg kompaniyasida neftni qayta ishlash, shuningdek, korporativ xavfsizlik va aktivlarni himoya qilish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari lavozimini egallab kelmoqda. Kompaniyaning tender ko‘mitasi raisi hisoblanadi.