Bosh direktorning investitsiya faoliyati bo‘yicha o‘rinbosari.
- Korporativ va investitsiya strategiyalari, loyihalarni boshqarish va biznes jarayonlari bo‘yicha amaliy tajribaga ega moliyachi.
- 1996-yil 1-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekistondagi Xalqaro Vestminster universitetining "Iqtisodiyot va moliya" hamda Shanxay iqtisodiyot va moliya maktabining "Biznes boshqaruvi" yo‘nalishlarini tamomlagan. Bundan tashqari, korporativ moliya hamda moliyaviy modellashtirish sohasida Global Business Solutions dasturi bo‘yicha sertifikatlashdan o‘tgan.
- Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Milliy bankda boshlab, 2014-2021-yillarda xarajatlarni ma’muriy boshqarish, chakana kreditlash, kreditlar monitoringi va yuridik shaxslarni kreditlash bo‘yicha mutaxassis, yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis hamda bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
- 2021-yilda u Saneg kompaniyasiga (o‘sha paytda "Jizzakh Petroleum" MCHJ QK) o‘tgan va loyihalarni moliyalashtirish sohasida ixtisoslashgan yo‘nalishga rahbarlik qilgan. Keyinchalik loyihalarni moliyalashtirish departamenti direktori lavozimida ishlagan.
- 2025-yil fevral oyidan boshlab investitsiya faoliyati bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari etib tayinlandi..