Neft-gaz kompaniyasining ishlab chiqarish sikli barcha bo‘g‘inlarining uzluksiz ishlashini ta’minlovchi ishlab chiqarish logistikasi va moddiy-texnik ta’minot sohasidagi mutaxassis.
- 1961-yilda O‘zbekiston Respublikasining Toshkent shahrida tug‘ilgan.
- 1996-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini "Muhandis-mexanik" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
- Mehnat faoliyatini Toshkent to‘qimachilik kombinatida boshlagan, u yerda mahsulot tashuvchidan tarash uskunasi operatorigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. 1984-yildan boshlab 2502-avtokolonnada ishlagan, bu yerda avtotransportdan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chuqur bilim va tajriba orttirgan.
- Keyingi yillarda bir qator sanoat va neft-gaz kompaniyalarida, jumladan, "O‘zneftgazlitita’minot" AK, "Neftgazindustriya" QK, "PROMOTOR" YoAJ va ERIELL Corporation’da rahbarlik lavozimlarini egallab, texnik ta’minot, transport logistikasi va aktivlarni nazorat qilish masalalari uchun javobgar bo‘lgan.
- 2020-yildan beri "Sanoat Energetika Guruhi" (Saneg) kompaniyasida ishlab chiqarish logistikasini ta’minlash bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda hamda bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish logistikasi va transport ta’minoti boshqarmasiga rahbarlik qilyapti.
- Uning rahbarligi ostida kompaniyaning ishlab chiqarish bo‘linmalarini ta’minlash, transport xizmatini ko‘rsatish va texnik qo‘llab-quvvatlashning samarali jarayonlari yo‘lga qo‘yilmoqda.