Toshkent shahridagi yonilg‘i saqlash bazasini qurish ishlari 85 foizga yakunlandi

Toshkent shahridagi yonilg‘i saqlash bazasini qurish ishlari 85 foizga yakunlandi

621
Toshkent shahridagi yonilg‘i saqlash bazasini qurish ishlari 85 foizga yakunlandi

Joriy yilning may oyida yangi terminalning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan Saneg AI 92 va AI 95 yevro-standart benzinning, shuningdek, "solyarka"ning yoqilg‘i quyish shoxobchalarigacha bosib o‘tadigan yo‘lini sezilarli darajada qisqartirish, shu orqali iste’molchilar uchun avtomobil yoqilg‘isi bilan ta’minlanish darajasini oshirishni ko‘zlamoqda.

"Loyiha o‘z maqsadiga ko‘ra, – deydi “Saneg” MCHJ bosh direktorining tijorat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shernazarov Ulug‘bek Elmurodovich, – ishlab chiqilgan logistika xarajatlarini ikki baravar kamaytirish va shu orqali mahsulot sotish hajmini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan".

Ilgari Toshkentga neft mahsulotlari Angren terminalidan olib chiqilgan bo‘lib, u yerdan neft tashuvchi mashina kuniga bir marta poytaxt yoqilg‘i quyish shoxobchalariga o‘rtacha 350-500 tonnani yetkazib, taxminan 105-110 km masofani bosib o‘tgan. Yangi baza shahar hududida - Sergeli tumanida joylashgani bois uch barobar ko‘p reyslarni amalga oshirish va shunga mos ravishda yoqilg‘i yetkazib berish punktlari yukini kuniga 1000 tonnagacha oshirish imkonini beradi. Yoqilg‘i ta’minotidagi uzilishlar va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida uzun navbatlar kuzatilayotgan bugungi sharoitda bu ayniqsa dolzarbdir.

Bundan tashqari, Toshkent terminaliga o‘rnatilgan, neft mahsulotlarini drenajlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy energiya tejovchi nasoslar va elektr dvigatellari Angren terminalidagi sovet davridagi o‘tmishdoshlariga qaraganda uch baravar kam – 50 kVt/soatga nisbatan 15-20 kVt/soat elektr energiyasi sarflaydi.

Bundan tashqari, yangi terminalning foydalanishga topshirilishi ob’ektning o‘zida yangi ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi.

"Qurilishda qo‘llanilayotgan texnologiyalarga kelsak, bunda hrch qanday nou-xau yo‘q, chunki bosh pudratchimiz “Enter Engineyering” uchun zamonaviy standartlar va innovasion texnologiyalardan foydalanish odatiy holga aylangan, – deydi Saneg neft mahsulotlarini saqlash obektlarini yer usti qurilishi bo‘limi boshlig‘i Erkin Isoqovich Soliyev.

Ayni paytda elektr ta’minoti tizimi va avtomatlashtirish uskunalarini o‘rnatish, shuningdek, obodonlashtirish bo‘yicha yakuniy ishlar olib borilmoqda, shu jumladan, maydonlar va yo‘llar asfaltlanyapti.

Keyinroq Samarqand shahrida ham xuddi shunday terminallar qurish borasidgi ulkan rejalar haqida so‘zlab beramiz, ular, jumladan, mintaqada turizmni rivojlantirishga yonilg‘i yetkazib berish orqali hissa qo‘shishi mo‘ljallangan.