Fayzullayev Shokir Nasibullayevich

Fayzullayev Shokir Nasibullayevich

Neft va gaz bilan bog‘liq loyihalarni rivojlantirish va amalga oshirish bo‘yicha professional menejer.

  • 1964-yil 6-iyulda O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida tug‘ilgan.
  • Iqtisodiyotning turli sohalarini davlat tomonidan tartibga solish sohasida ham, O‘zbekiston Respublikasining yirik va tayanch korxonalari biznesini boshqarish borasida ham boshqaruv tajribasiga ega.
  • 1986-yilda Toshkent politexnika institutini “Keramika va olovbardosh materiallarning kimyoviy texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha, 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini “Moliya va bank ishi” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
  • O‘n yildan ortiq vaqt mobaynida ham mahalliy, ham respublika miqyosidagi turli davlat hokimiyati organlarida ishlagan. Uch yildan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
  • Mehnat faoliyatini 1986-yilda “O‘zmahsanoat” IICHBda texnologik muhandis sifatida boshlagan, “Progress” IICHBda texnik direktor va “Nafosat” KKda direktor bo‘lgan. Mehnat faoliyatini Mahalliy sanoat vazirligi, “Mahalliy sanoat”, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” korxonalarida davom ettirgan.
  • 2017-yil iyunidan 2023-yil sentyabrigacha "Sanoat Energetika Guruhi” MChJ XK bosh direktori lavozimida ishlagan. Hozirda - bosh direktorning bosh maslahatchisi.F