To‘xtayev Qobul Muhammadiyevich

To‘xtayev Qobul Muhammadiyevich

Neft va gaz sohasida, jumladan, geologiya-qidiruv yo‘nalishida 30 yillik tajribaga ega mutaxassis. Geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD).

  • 1962-yil iyun oyida Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tug‘ilgan.
  • 1985-yilda Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) neft va gaz konlarining geologiyasi va qidiruvi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
  • Mehnat faoliyatini “G‘issor oldi neft-gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MCHJda burg‘ilovchi yordamchisi sifatida boshlagan, u yerda burg‘ilash texnologik xizmati katta muhandisi, so‘ngra bosh geolog bo‘lib ishlagan, keyinchalik korxonaga rahbarlik qilgan.
  • “O‘zburneftgaz” AJ bosh direktorining o‘rinbosari bo‘lgan, “O‘zneftgazqazibchiqarish” korxonasini boshqargan. 2010-yilda “O‘zbekneftgaz” AJda o‘z faoliyatini boshlagan, u yerda ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yagona texnik siyosatni amalga oshirish bilan shug‘ullangan. 2017-2019-yillarda “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ boshqaruvi raisining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, shuningdek, boshqaruv raisi lavozimlarida ishlagan.
  • “Saneg”ga ishga kirguniga qadar to‘rt yil davomida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining geologiya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
  • Saneg jamoasi safiga 2023-yilda geologiya va geologiya qidiruv ishlari bo‘yicha ijrochi direktorning birinchi o‘rinbosari sifatida qo‘shildi. 2023-yilning oktyabr oyidan boshlab ishlab chiqarish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari